15 fev 14:06
Yangiliklar
Futbol

"CHelsi" oxirgi marta 3 yil oldingi salbiy natijani takrorladi
Londonning "CHelsi" klubi futbolchilari kechagi o'yinda "Brayton" darvozasiga birorta aniq zarba yo'llay olishmadi.
Enco Mareska jamoasi APLning 25-turida 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
"CHelsi" 8 marta zarba berdi, ammo ularning birortasi darvoza tomonga bormadi. SHunga qaramay to'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik "aristokratlar" tomonda edi. "Brayton" 13 ta zarba berdi va ularning 5 tasi aniq bo'ldi.
"CHelsi" 2021 yilning sentyabridan beri ilk marta Premer-liga uchrashuvida darvozaga aniq zarba bera olmadi. Oxirgi bor bunday salbiy natija "Manchester Siti"ga qarshi bahsda kuztilgan edi.
Havola :
Fikrlar