17 sen 10:30
Yangiliklar

“CHelsi” o'z maydonida “Liverpul”ga yutqazdi, ilk mag'lubiyat
Markaziy o'yin Londonda bo'lib o'tdi. “CHelsi” klubi o'z maydonida “Liverpul” jamoasini qabul qilib, biroz kutilmaganda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu “aristokratlar”ning chempionatdagi ilk mag'lubiyati bo'ldi. Lovren va Xendersonning gollariga Diego Kosta o'zining birgina aniq zarbasi bilan javob qaytardi. Turnir jadvalida “CHelsi” 10 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi. “Liverpul” hisobida ham 10 ochko bor.
Angliya Premer-ligasi. 5-tur
CHELSI – LIVERPUL 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 17 Lovren, 0:2 – 36 Xenderson, 1:2 – 61 Diego Kosta.
“CHelsi” – Kurtua, Ivanovich, Keyxill, David Luiz, Aspilikueta, Kante, Matich (Fabregas, 84), Villian (Mozes, 84), Oskar (Pedro, 84), Azar, Diego Kosta.
“Liverpul” – Minole, Klayn, Matip, Lovren, Milner, Lallana, Xenderson, Veynaldum (Styuart, 90), Mane, Starridj (Origi, 57), Koutino (Leyva, 82).
Ogohlantirishlar: Villian (45), Leyva (88).
Fikrlar