28 may 11:43
        Yangiliklar	
	
				
				    Futbol			    
				
				
			
				"CHelsi" yangi bosh murabbiyi bilan kelishuvga erishdi
Londonning "CHelsi" klubi yaqin 72 soat ichida Enco Mareskani yangi bosh murabbiy sifatida tanishtiradi.
			"Aristokratlar" 44 yoshli mutaxassis uchun "Lester"ga 10 million funt tovon to'lashadi. Murabbiy bilan esa uch yillik shartnoma imzolanadi. Enco Mareskaning "CHelsi"dagi maoshi 8 million funt sterlingga yaqin bo'ladi. Enco Mareska bilan birgalikda Londonga uning besh nafar yordamchisi ham keladi.
Eslatib o'tamiz, "CHelsi" rahbariyati mavsum yakunida Maurisio Pochettinoni istefoga chiqargandi.

            Havola            :         
            
			
Fikrlar