04 mar 11:54
Yangiliklar
Futbol

"CHelsi"ning ikki futbolchisi "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Tiago Silva va Temmi Abraxam bugun "Liverpul"ga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuborishi haqida gapirdi.
"Kallum Xadson-Odoyda muammolar yo'q, u kecha jamoa bilan to'liq mashg'ulotlarda qatnashdi. Tiago Silva jamoaviy mashg'ulotlarda birinchi marta shug'ullandi, ammo oxirigacha emas. Gap unda og'riq borligida emas, shunchaki biz tavakkal qilishni istamadik. U yuz foiz tayyor emas, shuning uchun "Liverpul"ga qarshi o'ynamaydi.
Temmi Abraxamda ham oyog'i bilan bog'liq muammolar bor", - dedi Tuxel.
Havola :
Manba : BBC
Fikrlar