So’nggi yangiliklar

11:57Ўзбекистон Кубоги. Иккинчи кун 8 та вазнда ғолиб ва совриндорлар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:31SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек блицда ҳам, умумий рўйхатда ҳам 2-ўринга кўтарилди! 0 10:55Мбаппе футбол тарихида ҳеч кимга насиб этмаган ЖЧ рекордини ўрнатди 0 10:26"У етарлича ақлли жангчи". Волкановски Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 09:57Усикнинг Уайлдер билан жанги Дана Уайтнинг промоушенида ўтказилиши мумкин 0 09:33Тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи IBA Nomad 15 турнирида жанг қилди 0 18:24Гринвуд А Серияга йўл оладими? 0 17:57Дональд Трамп Оқ уйда Жастин Гэтжи ва унинг оиласини қабул қилди + ФОТО 0 17:22Нодирбек Абдусатторов — FIDE блиц рейтингида жаҳоннинг иккинчи шахматчиси! 0 16:56Забит жиддий жароҳат сабаб Рауль билан жанг қилмайди, унинг ўрнини укаси эгаллайди (ФОТО) 0 16:33Модрич "Милан" билан янги шартнома имзолашга яқин 0 16:02Макс Холлоуэй жанг олдидан Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 15:29SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек Абдусатторов рапид турнирини Топ-3`да якунлади 0 14:57Ўзбекистон кубогининг илк куни 6 та вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:26"Барселона" "Манчестер Юнайтед"га Жюль Кундени сотиб олишни таклиф қилди 0

13 avg 15:01
Yangiliklar

Futbol

CHempionlar ligasi. Bugun ikkinchi yarim finalchi aniqlanadi

Teglar :  Futbol
Bugun Evropa chempionlar ligasi chorak finalida "Leypcig" va "Atletiko" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.

"Leypcig" ECHL guruh bosqichida bittagina mag'lubiyat qayd etdi va birinchi o'rinni egalladi. Nemis klubi 1/8 finalda Joze Mourinyu boshchiligidagi "Tottenxem"ni osonlik bilan taslim qildi.

"Atletiko" esa guruhda 10 ochko to'plab ikkinchi o'rin bilan nimchorak finalga chiqdi. Bu bosqichda musobaqaning amaldagi chempioni "Liverpul" bilan to'qnash kelgan Simeone shogirdlari ikkala o'yinda ham g'alabaga erishib chorak finalga yo'l olishdi.

Qizig'i bugungi raqiblar yakunlangan mavsum o'z milliy chempionatlarida uchinchi o'rinni egallashdi.

"RB Leypcig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann: "Ertangi o'yindan uyog'iga umid qilmaymiz. Albatta, toza nemis finali Germaniyadagi barcha futbol muxlislari uchun sovg'a bo'lar edi. Ammo, birinchi bo'lib yarim finalga chiqishimiz kerak, ha "Bavariya"ni ham "Barselona"ga qarshi duel kutmoqda. Albatta, bosim va keskinlik mavjud. Biz futbolchilarni tinchlantirishimiz va bosimni kamaytirishimiz kerak. Biz allaqachon turli xil variantlarni ko'rib chiqdik - agar biz gol ursak, agar "Atletiko" gol ursa... To'g'ri, "Atletiko" ikki o'yinlik qarama-qarshiliklarda ko'proq tajribaga ega. Ammo, hozir hammasi bitta o'yinda hal bo'ladi va bu holatda hamma narsa ro'y berishi mumkin".

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone: "Bizni o'zining nomiga ega yosh murabbiy qo'l ostidagi kuchli jamoaga qarshi o'yin kutib turibdi. "RB Leypcig" haqiqatdan ham juda kuchli, ularning Bundesligada uchinchi o'rinni qo'lga kiritishgani ham bekorga emas. Ular bizdan ko'ra kamroq o'yin o'tkazishdi, ammo statistika ikkala jamoada deyarli bir xil. G'alaba qozonish biz uchun muhim deb ayta olmayman. Aksincha, bu yagona mavjud variant"".

CHorak finaldan boshlab barcha o'yinlar Portugaliya poytaxti Lissabon shahrida o'tkazilmoqda. Jamoalar 3ta to'xtalishda 5ta o'zgarish amalga oshirishlari mumkin. Qo'shimcha taymlar bo'lsa yana bitta qo'shimcha o'zgarish qo'shiladi. Bundan tashqari zaxira o'rindig'i uzaytiriladi. Qaydnomaga 18 emas 23 nafar futbolchi kiritiladi.




Leypcig - Atletiko
13 avgust. Lissabon. "Joze Alvalade" stadioni. 23:59.
Bosh hakam - SHimon Marchinyak (Polsha).
Translyaciya - "Futbol TV", "Match-TV, MATCH! Futbol 1".

TAXMINIY TARKIBLAR

"Leypcig
": Gulachi; Klostermann, Upamekano, Xalstenberg; Laymer, Zabitcer, Kampl, Myukile; Forsberg, Nkunku; SHik
O'ynamagan: Konate (jarohat)
Qaydnomaga kiritilgan: Ugo Novoa
Qaydnomadan chiqarilgan: Ampadu, Yakel, Verner, Volf

"Atletiko": Oblak; Arias, Ximenes, Savich, Lodi; Lorente, Koke, Saul, Karrasko; Joau Feliks; Kosta
O'ynamaydi: Vrsalko (jarohat), Korrea (kasal)
So'roq ostida: Tomas (jarohat)

Muallif taxmini: "Atletiko" restartdan so'ng umuman yutqazmadi. 7ta g'alaba va 4ta durang. "Leypcig"ni asosiy hujumchi Timo Verner tark etdi. Taxminim bugun ham Diego Simeone shogirdlari mag'lub bo'lishmaydi va yarim finalga yo'l olishadi - 1:0.


Narzulla tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing