16 iyu 19:02
Yangiliklar
SHaxmat
"CHempionlik matchida Javohirga qo'limdan kelganicha yordam beraman" - Nodirbek Abdusattorov
Grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovga Gukesh bilan match oldidan yordam berishi haqida gapirdi.
"Javohir albatta mening eng yaqin do'stlarimdan biri. Albatta bo'lajak matchda unga qo'limdan kelgancha yordam beraman. Biz bu haqida gaplashib olganmiz va aloqada bo'lib turibmiz.
O'zbekistonlik shaxmatchi mamlakatga jahon tojini olib kelsa, bu mamlakat uchun katta yutuq bo'ladi. Bu nafaqat shaxmat uchun, balki boshqa sohalar rivojiga ham turtki bo'ladi.
Agar qaysi birimizdir klassik shaxmatda jahon chempioni bo'lib, chempionlik tojini O'zbekistonga olib kelsak, bu O'zbekistonni shaxmatda birinchi raqamli mamlakatga aylantiradi", - dedi Abdusattorov.

Havola :
Manba : x.com/EndgameaiChess
Fikrlar