28 sen 17:17
Yangiliklar
Tennis

CHendu. Istominda imkoniyat oshdi, Dominik Tim ham turnirdan chiqib ketdi
Xitoyda mukofot jamg'armasi 1 million AQSH dollaridan oshuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Ushbu turnirda tennischimiz Denis Istomin chorak finalga chiqqanligidan xabaringiz bor.
Bugun musobaqaning birinchi raqamli tennischisi hisoblangan avstriyalik Dominik Tim sensacion ravishda mag'lubiyatga uchradi. Argentinalik Gvido Pelega qarshi 1 soat 55 daqiqa davomida bo'lib o'tgan o'yinda u 6:7, 4:6 hisoblarida yutqazib qo'ydi va musobaqani yakunladi.
Malumot uchun, avvalroq turnirning ikkinchi (Ramos), uchinchi (Xachanov) va to'rtinchi (Rublyov) raketkalari ham mag'lubiyatga uchragandi. CHorak finalda saralangan tennischilardan faqat yaponiyalik Yuiti Sugita (5) qolgan.
Eslatib o'tamiz, Denis Istomin ertaga Istomin yarim finalga chiqish uchun Jared Donaldsonga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar