08 okt 19:11
Yangiliklar
Futbol

CHerchesov Ermatov boshqaradigan o'yindan 20 000 evro ishlab olishi mumkin
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav CHerchesov ertaga Kosta-Rikaga qarshi kechadigan uchrashuvda 10 yoki 20 ming evro ishlab olishi mumkin.
Agar jamoa g'alaba qozonsa, bosh murabbiyga mukofot tariqasida 20 ming evro taqdim etiladi. Durang natija qayd etilsa, CHerchesov 10 ming evroga o'z hamyonini boyitib oladi.
Rossiya va Kosta-Rika terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ertaga Krasnodardagi yangi bunyod etilgan stadionda bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuvda hamyurtimiz Ravshan Ermatov hakamlik qiladi.
Malumot uchun, CHerchesovning bosh murabbiy sifatidagi debyut uchrashuvi 31 avgust kuni mehmonda Turkiyaga (0:0) qarshi o'tkazilgan edi. Ikkinchi o'yinda esa Rossiya terma jamoasi 6 sentyabr kuni Moskvada Ganani 1:0 hisobida mag'lub etgandi.
Havola :
Fikrlar