11 avg 15:03
Yangiliklar
Futbol
CHerchesov – Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi!
Stanislav CHerchesov futbol bo'yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Rossiya Futbol ittifoqi 52 yoshli mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Xabarda aytilishicha, murabbiylar shtabining umumiy maoshi 2,8 million evroni tashkil qiladi. SHundan 2 millioni CHerchesovga tegishli bo'ladi.
Terma jamoa murabbiylar shtabida CHerchesovga Gintaras Stauche, Miroslav Romashhenko va Vladimir Panikov yordam beradi. Eduard Bezuglov terma jamoa shifokori sifatida ishlashda davom etadi.
Eslatib o'tamiz, Stanislav CHerchesovning so'nggi ish joyi Polshaning “Legiya” klubi bo'lgandi. CHerchesov boshchiligidagi “Legiya” ham mamlakat chempioni, ham mamlakat kubogi sohibi sifatida oltin dulbga erishdi.
Havola :
Fikrlar
men EPL Manager da liga yaratdim va nomini «APL Chempionlari» deb qo'ydim. Agar ligamizda ishtirok etsangiz juda xursand bo'lardim!
O'yinni boshlash uchun - shunchaki quyidagi havolaga o'ting va jamoa tuzishingiz bilan ligaga avtomatik qo'shilasiz: https://eplmanager.com/oz/I-WHRL-KCF2
Bizdagi jamoalar soni 30 tadan oshdi siz xam bizga qoshiling