So’nggi yangiliklar

18:14Равшан Эрматов U-20 Жаҳон чемпионати санаси, янги стадион очилиши ҳамда Осиё кубоги мезбонлиги ҳақида гапирди 0 17:45UFC тарихида ўзбекистонлик жангчилар илк марта бундай натижага эришишди 0 17:23Магомед Анкалаев: "Мен билан жангга тайёргарлик кўриш учун 10 йил керак!" 0 16:57Ўзбекистон Davis Cup - Group III турниридаги иштирокини бошлаш арафасида 0 16:30Дешам Испанияга қарши ўйин олдидан: "Улар яққол фаворит" 0 15:58Царукяннинг жанги чемпионлик мақомида бўлади + ПОСТЕР 0 15:19Нурсултон Рўзибоев янгиланган рейтингда ТОП-15'га кириб олди 0 14:56Пауло Коста нега Анкалаев билан жангдан бош тортганини маълум қилди 0 14:23Колумбия футболчиси ўлим таҳдидлари туфайли ЖЧ-2026`дан сўнг ватанига қайтмади 0 13:49FIDE Жаҳон Кубоги форматида ўзгаришлар бўлди 0 13:22Дастин Порье Макгрегорга: "Сени яна калтаклашга тайёрман" 0 12:57Аичи-Нагоя 2026: Uzbekistan Aquatics, волейбол ва велоспорт федерацияларида тайёргарлик жараёнлари муҳокама қилинди 0 12:33"Қўрқяпманми?" Ямаль Испаниянинг Францияга қарши ЖЧ-2026 1/2 финал ўйинини фаолиятидаги энг муҳим ўйин деб атади 0 12:05Шифокор Конорнинг жароҳат асоратларини батафсил таҳлил қилиб берди 0 11:37Асосий жанги Дрикус Дю Плесси - Камару Усман бўлган UFC Fight Night 281 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0

21 may 09:28
Yangiliklar

SHaxmat

Chess Classic Romania 2026. Sindarov Karuana bilan o'ynadi. Bugun peshqadamga qarshi chempionlik yo'lidagi so'nggi imkoniyat

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida tashkil etilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 475 000 AQSH dollaridan iborat nufuzli turnirda 6-tur ortda qoldi.

Musobaqada yuqori reytingga ega o'n nafar grossmeyster bosh sovrin uchun kurash olib boryapti. Ular orasida "Nomzodlar turniri" g'olibi Javohir Sindarov ham bor. Hamyurtimiz bir kunlik tanaffusdan so'ng o'tkazilgan 6-turda qora donalarda dunyoning uchinchi raqamli shaxmatchisi amerikaoik Fabiano Karuana bilan durang o'ynadi.  

Ikkita turni mehmonxonadagi o'z nomerida yotgan holda o'tkazgan franciyalik Alireza Firuzdja jarohati bilan ortiq o'ynay olmasligini malum qildi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Bu esa uning keyingi raqiblariga qo'l keladigan bo'ldi. Raqiblarga to'g'ridan-to'g'ri texnik g'alaba yoziladi. Aynan 6-turdagi raqib Vinsent Keymer uchrashuvsiz bir ochkoga ega bo'ldi. Beshinchi turda Javohir Alireza bilan murosaga kelgandi. 

Oltinchi turning qolgan barcha partiyalarida ham durang natija qayd etildi. Peshqadam Vinsent Keymer ochkolarini 4,5 taga etkazib oldi. Fabiano Karuana, Anish Giri, Yorden van Forest va Rameshbabu Praggnanandha hisobida 3,5 tadan ochko bor. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Fabi 2-o'rinni egallab turibdi. Uesli So va Maksim Vashe-Lagrav 3 tadan ochko jamg'argan.  

Javohir Sindarov 2,5 ochko bilan hamon 8-pog'onada bormoqda. Ruminiyalik Bogdan-Daniel Dik 2 ochko bilan 9-o'rindan joy olgan bo'lsa, autsayder Alireza Firuzdja hisobida 1 ochko bor va uning musobaqani 10-o'rinda yakunlashi oydinlashdi. 

Bugun 7-turda Javohir Sindarov oq donalarda germaniyalik karvbonboshi Vinsent Keymerga qarshi bahs olib boradi. Hamyurtimiz g'alaba qozongan taqdirda chempionlik uchun imkoniyatni saqlab qoladi, aks holda sovrinli o'rinlarsiz qolib ketishi mumkin. Uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi. CHempion 100 000 dollarni qo'lga kiritadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing