27 noy 14:15
Yangiliklar
Tennis

CHililik tennischining otasi qizining final bahsini tomosha qila turib vafot etdi
CHililik 24 yoshli tennischi Daniel Segelning otasi qizining final uchrashuvini bevosita kortda tomosha qilayotgan bir paytda yurak hurujidan vafot etdi.
Segel poytaxt Santyago shahrida tashkil etilgan ITF turnirining final uchrashuvida braziliyalik Paula Kristina Gonsalveshga qarshi kortga chiqqandi.
Hisob 6:4, 2:1 ko'rinishida bo'lib turgan bir paytda tribunada o'tirgan Danielning otasi xushini yo'qotdi. Uni tezda tez yordam mashinasida shifoxonaga olib borishdi. Lekin shifokorlar otaning hayotini saqlab qolisholmadi.
Havola :
Fikrlar