08 apr 14:03
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari, Xokkey
CHim ustida xokkey bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o'yinlari yo'llanmasiga ega chiqdi
Tailandning Bangkok shahrida chim ustida xokkey bo'yicha erkaklar terma jamoalari o'rtasida 2026 yilgi Osiyo o'yinlariga saralash turniri o'tkazilmoqda.
Ahamiyatlisi, musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi muddatidan avval yozgi Osiyo o'yinlari yo'llanmasini hal qilib ulgurdi.
Vakillarimiz o'z guruhida SHri-Lankaga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, Xitoy Taypeyi ustidan 8:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchinchi turda Bangladesh bilan durang qayd etgan chim ustida xokkeychilarimiz Osiyo o'yinlariga licenziya oldi.
Aichi-Nagoya yozgi Osiyo o'yinlari 19 sentyabr - 4 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Sport TV
O’xshash yangiliklar
13:10
Xokkey terma jamoamiz Jahon chempionatida ishtirok etish uchun SHenchjenga yo'l oldi (VIDEO) 0
Fikrlar