So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

23 dek 14:08
Yangiliklar

Boshqalar

CHim ustida xokkey. Pokistondagi musobaqada muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi

Teglar :  CHim ustida xokkey
Xabar berib o'tganimizdek, chim ustida xokkey bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Pokistonning Lahor shahrida o'tkazilgan "Hockey Series Open" xalqaro musobaqada ishtirok etishdi.

Turnir davomida Afg'oniston, Nepal va Qozog'iston terma jamoalarini mag'lubiyatga uchratgan yigitlarimiz guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

Bugun tunda ana shu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan xokkeychilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, MOQ va O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.

MOQ rahbari xokkeychilarimizni qutlar ekan, terma jamoaning Tokio Olimpiadasiga yo'l olishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini aytib o'tdi.

"Sizlar qayd etgan natijadan barchamiz xursand bo'ldik. CHunki yurtboshimizning topshiriqlariga ko'ra nafaqat yakkakurash, balki jamoaviy sport turlaridan ham Olimpiya o'yinlari licenziyalarini qo'lga kiritishga, bunday sport turlarini yurtimizda rivojlantirishga harakat qilyapmiz. Bu yo'lda katta hajmdagi ish olib borilmoqda. SHunday ekan, Olimpiadaga licenziya olish uchun sizda juda yaxshi imkoniyat bor. Bundan buyon Milliy olimpiya qo'mitasi sizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi. Terma jamoa azolariga Olimpiya stipendiyalari joriy etiladi. MOQning qo'llab-quvvatloviga, ko'magiga ishonishingiz mumkin", - dedi Umid Ahmadjonov.

Eslatib o'tamiz, Tokio 2020 Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqa kelasi yil Hindistonda o'tkaziladi.

Malumot uchun, O'zbekiston xech qachon jamoaviy sport turlari bo'yicha Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmagan. Umid qilamizki, chim ustida xokkeychilarimiz bu borada birinchi bo'lishadi va o'zbek sporti tarixiga kirishadi. Milliy olimpiya qo'mitasi bu yo'lda terma jamoamizga omad tilaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing