So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

18 jan 17:42
Yangiliklar

Engil atletika

CHirchiqda engil atletikachilar bellashdi

Teglar :  Engil atletika
17 yanvar kuni Toshkent viloyatining CHirchiq shahrida engil atletika bo'yicha O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universitetining faxriy talabasi S.V.Nichipurenko xotirasiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi.

 Unda erkaklar va ayollar o'rtasida bellashuvlar tashkil etildi. Turnirda 200 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.

Mazkur turnirni tashkil qilishdan maqsad – terma jamoamizga munosib nomzodlarni saralab olish, sportchilar tayyorgarligini yana bir marotaba sinovdan o'tkazishdan iborat edi.

Sportchilar musobaqa davomida 60, 200, 400, 800, 3000 metrga yugurish, 60 m to'siqlar osha yugurish, uchxatlab sakrash, uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish kabi yo'nalishda kurash olib bordilar.

Musobaqada g'olib bo'lgan sportchilar ro'yxatini etiboringizga havola qilamiz:

Erkaklar:

Balandlikka sakrash – Dmitriy Melsitov – 216 sm

60 metrga yugurish – Sunnat Ismoilov – 7.07 s

200 metrga yugurish – Ulug'bek Murtazoev – 22.72 s

400 metrga yugurish – SHohrux Baratov – 51.83 s

800 metrga yugurish – G'olib Tohirjonov – 1.59.57 daq.

3000 metrga yugurish – Bunyod Muhiddinov – 9.29.67 daq.

60 metrga to'siqlar osha yugurish – Anvar Safarov – 8.55 s

Uchxatlab sakrash – Bekjon CHevarov – 14.13 m

Uzunlikka sakrash – Nikita Loginov – 7.40 m

Yadro uloqtirish – Artem Davletov – 16.09 m (stadionda o'tkazildi)

Disk uloqtirish – Rashid Sodiqov – 45.63 m

Ayollar:

Balandlikka sakrash – Aleksandra Yurkevskaya – 180 sm

60 metrga yugurish – Sabina SHirieva – 7.88 s

200 metrga yugurish – Saida Abdumo'minova – 26.27 s

400 metrga yugurish – Diyora Mamarajabova – 1.08.75 daq.

800 metrga yugurish – Nasiba Jo'raeva – 2.30.71 daq.

3000 metrga yugurish – Marjona Baratova – 10.26.91 daq.

60 metrga to'siqlar osha yugurish – Saida Abdumo'minova – 8.86 s

Uchxatlab sakrash – Roksana Xudoyarova – 12.86 m

Uzunlikka sakrash – Aleksandra Yurkevskaya – 5.69 m

Nayza uloqtirish – Sanobar Erkinova – 51.42 m

Yadro uloqtirish – Farida Hakimova – 11.58 m (stadionda o'tkazildi)

Disk uloqtirish – SHahrizoda Yusupova – 41.45 m

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing