So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

09 mar 09:37
Yangiliklar

Boshqalar

CHirchiqda yozgi biatlon bo'yicha viloyat chempionati o'tkazildi

CHirchiq shahridagi “Qibray” sport majmuasida 1998-2002 hamda 2003 - yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida yozgi biatlon bo'yicha Toshkent viloyati kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi hamda CHirchiq avtomobil maktabi hamkorligida tashkil etilgan mazkur kubok bellashuvlarida viloyatning barcha tuman va shaharlaridan 100 nafar yosh biatlonchi ishtirok etdi.

Murosasiz va qiziqarli o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra 1998-2002 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida Bibimaryam Suyunova birinchi o'rinni, SHaxlo Mahmudova ikkinchi, Dilrabo Baxtiyorova uchinchi o'rinni egallashdi. Xuddi shu yosh toifasidagi o'g'il bolalar bahsida Bekzod Bekov birinchi, Yusuf Abdullaev ikkinchi, Oybek Mamatqulov uchinchi o'rinlarga ega chiqishdi. 2003 yilda tug'ilgan o'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqada M. Urkinbaev (1-o'rin), S. Husanov (2-o'rin), X. Mahkamov (3-o'rin)lar kuchli uchlikdan joy olishdi. 

2003 yilda tug'ilgan qizlar orasida Santalat Toxirova birinchi, Alime Ayidinova ikkinchi, Inboat Tojiboeva uchinchi o'rinlarni qo'lga kiritib, shohsupaga ko'tarilishdi. Umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni Bustonliq tumani jamoasi egalladi. CHirchiq shahri jamoasi ikkinchi va Parkent tumani jamoasi uchinchi o'rinlarni band etdi.

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'lari bilan mukofotlanishdi.

Said G'ANIEV, CHirchiq avtomobil maktabi boshlig'i: - Ushbu musobaqani o'tkazishimizdan maqsad - yoshlar orasida sportning texnik va amaliy turlarini keng ommalashtirish, qolaversa, yozgi biatlon bo'yicha viloyat terma jamoasiga iqtidorli sportchilarni saralash va respublika miqyosida o'tadigan yozgi biatlon bellashuvlarida kuchlilar qatoridan joy olishdan iborat.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing