So’nggi yangiliklar

08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0

05 may 16:05
Yangiliklar

Karate

CHiroqchida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazilyapti + FOTO

Teglar :  Belbog'li kurash
CHiroqchi tuman sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2011-2013 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlariga start berildi.

O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidan o'rin olgan ushbu musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafardan ziyod yosh polvonlar belbog'li kurashning klassik va erkin yo'nalishida o'z vazn toifalariga ko'ra g'oliblik yo'lida besh olishyapti.  

Takidlash joiz, CHiroqchi tuman hokimligi, Qashqadaryo viloyat sport boshqarmasi, viloyat belbog'li kurash federaciyasi, tuman sport maktabi tomonidan mazkur musobaqaning ko'tarinki ruhda o'tishi uchun yuqori darajada tayyorgarlik ko'rilgan.

O'zbekiston chempionatida dastlab, musoboqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda so'z olgan CHiroqchi tuman hokimi Fayzulla Yusupov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov hamda viloyat belbog'li kurash federaciyasi raisi Farhod Jumanovlar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga qaratilayotgan yuksak etibor xususida takidlab, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.

SHundan so'ng musobaqa reglamentiga muvofiq, o'g'il bolalar belbog'li kurashning klassik yo'nalishida 13 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 9 ta vaznda bellashuvlarga kirishdi. Musobaqa 6 mayga qadar davom etadi.  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing