So’nggi yangiliklar

19:30Вирал сурат ортидаги Мерьем: Туркия волейболининг 20 ёшли гўзали бутун дунёни ўзига қаратмоқда 0 19:05Умматалиев Бивол билан машғулот ўтказмоқда (ВИДЕО) 0 18:37Алекс Перейранинг синглиси UFC билан шартнома имзолай олмади 0 18:09Тошкент мезбонлик қиладиган IBA Nomad 16 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 17:30Мареска "Ман Сити" иши ҳақида ўз фикрини билдирди 0 16:42Мағлубиятсиз одимлаётган ўзбек — Сиро Чойнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси маълум 0 16:162027 йилги Бриллиант Лигаси тақвими эълон қилинди 0 15:39Шавкат Раҳмоновнинг навбатдаги жанг санаси ва рақиби ҳақида маълумотлар пайдо бўлди 0 15:06"Реал"да аҳвол ёмонми? Моуриньо жавоб берди 0 14:28Уайт Фьюри — Жошуа жангини UFC’нинг Оқ уйдаги турнирида эълон қилмоқчи бўлганини айтди 0 13:42Бокс. Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 13:14"У ўзи нима иш қилди?" Перейра Хокитнинг чемпионлик жанги ҳақида гапирди 0 12:40ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 12:09Майкл Пейж: "Misfits Boxing`да UFC`даги бутун фаолиятимдагидан кўпроқ пул ишлайман" 0 11:38Икки рус жамоасини мағлуб этган "Тошкент" "Шаҳарлар жанги" мусобақасининг 4-босқич ғолиби сифатида 5 млн долларлик Суперфиналга йўл олди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

05 jan 17:30
Yangiliklar

Tadbirlar, Bolalar sporti

CHiroqchida yangi zamonaviy sport obekti foydalanishga topshirildi

Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumani Yangiobod mahallasida zamonaviy, qulay va ixcham sport majmuasi qurib, foydalanishga topshirildi.

Prezidentimiz tomonidan yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi yo'nalishi bevosita jismoniy tarbiya va sportga yo'naltirilgan bo'lib, unda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ko'zda tutilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 yanvardagi “2020 - 2022 yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 iyuldagi 654-F-sonli farmoyishi bilan Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumani «Yangiobod» mahallasida zamonaviy, qulay va ixcham sport majmuasi qurib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu sport majmuasining ochilish marosimi ham ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi. Yangidan qad rostlagan sport majmuasida mahalla sportchilari ishtirokida kurash, MMA, dzyudo va taekvondo bo'yicha chiqishlar namoyish etildi.

Endilikda bu maskanda shu atrofda istiqomat qiluvchi yuz nafardan ortiq o'g'il-qizlar sportning kurash, MMA, dzyudo, taekvondo turlari bilan muntazam shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Kelgusida bu kabi sport inshootlarini viloyatning barcha tuman, shahar va mahallarida barpo etgan holda yosh avlod, qolaversa aholining barcha qatlamlarini sog'lom turmush tarziga jalb etish maqsad qilingan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing