13 avg 07:41
Yangiliklar

CHung Von CHoi Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidentligiga qayta saylanadi
Joriy yil Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidentligiga saylov bo'lib o'tadi. Unda tashkilot rahbarligiga yagona nomzod ko'rsatilmoqda.
Yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat sabab 11 oktyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan tadbir onlayn tarzda tashkil etiladi. Unda hozirda Butunjahon taekvondo federaciyasini boshqarib kelayotgan janubiy koreyalik CHung Von CHoi saylovda yagona nomzod sifatida qayd etilmoqda. Uning nomzodi delegatlar tomonidan maqullansa, ushbu mutaxassis yana 5 yil muddat mazkur tashkilotni boshqarib boradi. SHuningdek, har bir mintaqalarning Konsulligiga ham nomzodlar nomi ko'rsatilgan.
Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar