18 apr 10:04
Yangiliklar
Tennis
Cicipas "Katta to'rtlik"dan keyin "Masters"da chempionlikni himoya qilgan birinchi tennischiga aylandi
Monte-Karloda chempionlikni qo'lga kiritgan greciyalik Stefanos Cicipas o'z faoliyatidagi sakkizinchi, "Masters"dagi ikkinchi sovriniga ega chiqdi.
U Monte-Karloda chempionlik unvonini himoya qilgan Ochiq eradagi oltinchi tennischi, "Katta to'rtlik"dan keyin "Masters"da unvonni himoya qilgan birinchi o'yinchi bo'ldi.
Bundan tashqari, Stefanos bir nechta "Masters" unvoniga ega sakkizinchi tennischiga aylandi. Undan oldin Novak Jokovich (37 sovrin), Rafael Nadal (36), Rojer Federer (28), Endi Marrey (14), Aleksandr Zverev (5), Daniil Medvedev (4) va Jo-Vilfrid Tsonga (2) mana shunday muvaffaqiyatga erishgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar