24 okt 08:50
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/47340_220.jpg)
CSKA muxlislari Rimda kaltaklandi, ulardan biri pichoqdan yaralandi
Italiya poytaxti Rim shahrida “Roma” va CSKA jamoalari muxlislari o'rtasida dahanaki jang bo'lib o'tdi.
ANSA xabariga ko'ra, tartibsizliklarning biri “Olimpiko” stadioni yonida sodir bo'ldi. Janjal natijasida rossiyalik fanatlardan biri pichoq zarbidan jarohatlandi. Yana ikki nafari yaxshigina kaltaklandi.
Natijada policiya xodimlari olomonni tarqatib yuborish uchun suvdan foydalandi. O'n besh nafar Rim klubi tiffozilari xibsga olindi. Bir muddat avval Rim metrosi eskalatoridagi ko'ngilsiz holat sabab CSKA klubining bir guruh muxlislariga shikast etgan edi.
Havola :
Fikrlar