24 iyu 11:42
Yangiliklar
Futbol

CSKAning sobiq yulduzi kutilmaganda Qozog'iston klubi bilan shartnoma imzoladi
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Vagner Lav Qozog'istonning "Qayrat" jamoasiga o'tganini malum qildi.
Qozog'istonliklar forvardni erkin agent sifatida tarkibiga qo'shib oldi. Oldinroq futbolchi CSKAga qaytishga yaqin turgandi, biroq rus klubi uni ro'yxatdan o'tkaza olmadi.
36 yoshli Vagner Lav bunga qadar "Palmeyras", CSKA, "Flamengo", "SHandun Lunen", "Korintians", "Monako", "Alanyaspor", "Beshiktosh" kabi klublar tarkibida o'ynagan.
Braziliya termasi tarkibida esa u 20 o'yinda 4 marta raqiblari postiga yo'l topgan.
Havola :
Manba : sport.kz
Fikrlar