19 may 11:18
Yangiliklar
SHaxmat
Czyuy Venczyun - yangi jahon tojdori!
Xitoyning CHuncin shahrida shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasida Jahon toji uchun match muddatidan avval yakunlandi.
Unda xitoylik ikki shaxmat malikalari - amaldagi jahon chempioni Tan CHjuni (2522) hamda davogarlar o'rtasidagi nokaut-turniri g'olibasi Czyuy Venczyun (2571) o'zaro dona surishdi.
Match 10 partiyadan iborat bo'lib, tomonlarning biri 5,5 ochko jamg'arguniga qadar davom etishi kerak edi va amalda ham shunday bo'ldi. O'ninchi partiyada Venczyun oq donalarda harakat qilib, o'ziga kerakli durang natiaja qayd etdi.
Bu bilan u amaldagi jahon chempionini 5,5:4,5 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yangi jahon toji sohibasiga aylandi. Reglamentga ko'ra g'olib shaxmatchi umumiy 200 000 AQSH dollarilik mukofot jamg'armasidan 120 000 dollariga ega chiqdi.
Havola :
Fikrlar