19 okt 16:48
Yangiliklar
Dana Uayt mag'lubiyatciz afg'on jangchining UFC`dan chetlatilganiga izoh berdi
Uayt chetlatish sabablarini aniq ochiqlamadi, biroq bu qaror shunchaki qabul qilinmagani va uning ortida muayyan sabablar borligiga ishora qildi.
"Ha, jangchilarning shartnomasi tugaganda shunday holatlar bo'lib turadi. Bu birinchi marta emas. Bazida jangchilar bilan ishlash qiyin bo'ladi va matchmeykerlar ular bilan shug'ullanishni istashmaydi. Balki ular janglardan bosh tortishar yoki boshqa sabablar bordir. Agar sen mag'lubiyatsiz ketayotgan bo'lsang, UFC`da ettita g'alabaga erishgan bo'lsang-u, sening shartnomang uzaytirilmasa, demak, buning aniq bir sababi bor", — dedi UFC prezidenti Edmonton shahridagi matbuot anjumanida.
O'zining chetlatilishi yuzasidan izoh berar ekan, Farid Basharat bu holat uning jangovar qobiliyatlariga mutlaqo aloqasi yo'qligini takidladi va o'zini hamon dunyodagi eng yaxshi engil vaznli jangchi deb hisoblashini bildirdi.

Fikrlar