So’nggi yangiliklar

10:05"Овчи"нинг UFC`даги жанги яна бекор қилинди 0 09:34WTA Ningbo Open. Камилла Раҳимова ҳам асосий тўрга йўл олди 0 09:03Sofascore. Шомуродов кечаги учрашув учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 08:32Дана Уайт Хоакин Баклининг қўл беришдан бош тортгани ҳақида: "Уни ҳайдашни айтдим" 0 08:01Жаҳон чемпионатида илк йўқотиш. Ҳакамлар мексикаликнинг ғалабасини таъминлашди 0 19:56"Бировнинг нарсаси керак эмас, ўзимникини эса бермайман!" Пётр Ян Двалишвили билан трилогияга тайёргарликни якунлади 0 19:25Моуриньо: "Реал" таркиби мени тўлиқ қониқтиради" 0 18:54ММА ҳамжамиятининг Мэлотт - Бакли жангидаги нокаутга муносабати: "Капа олти метр нарига учиб кетди" 0 18:23Ўзбекистон 2027 йилги Жаҳон кубоклари учун иккита йўлланмага эга бўлди! 0 17:52UFC Fight Night 291 турнири нокаутлар бўйича Лига рекордини такрорлади 0 17:21Лионель Месси бугунги ўйинда қайд этган дублига муносабат билдирди 0 16:50Умар Кремлёв: "Боксчилар ҳеч нарсага муҳтож бўлмасликлари учун шароит қиламиз" 0 16:19RCC x Karate Combat: Хамзин Космони енгди, "Белаз" Дуглас Лимани бўғиб қўйди 0 15:48Бакли Мэлоттдан қабул қилиб олган бугунги нокаутли мағлубияти ҳақида гапирди 0 15:17Мареска АПЛ рекордини ўрнатди 0

19 okt 08:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Dana Uayt Xoakin Baklining qo'l berishdan bosh tortgani haqida: "Uni haydashni aytdim"

Edmontondagi UFC Fight Night 291 turniri yakunlari haqida gapirar ekan, tashkilot rahbari Dana Uayt tadbirning asosiy jangchisi Xoakin Bakli bilan yuz bergan g'alati voqeaga izoh berdi.

Bakli ko'rgazmali vazn o'lchash marosimida Uaytga qo'l berishdan namoyishkorona bosh tortgan edi. 

Uaytning so'zlariga ko'ra, u nima bo'lganini bilmaydi va bunga unchalik ahamiyat bermayapti.

"Tushuncham yo'q. Bilasizmi, bu yigitlarning barchasi jang haftaligini turlicha o'tkazadi va vazn o'lchashga yaqin qolganda deyarli hammasi asabiy bo'lib qoladi. Ular vazn tashlaydi, mashq qiladi, mayda jarohatlar bezovta qiladi, oilasi va yaqinlaridan uzoqda bo'ladi, odatiy ovqat, suv va boshqa ko'plab narsalardan mahrum bo'lishadi.

Men bu biznesda shunchalik uzoq vaqtdan beri bormanki, bunday narsalarni shaxsiy haqorat deb qabul qilmaslik kerakligini tushunaman. Ilgari turnir kuni barchaga omad tilash uchun kiyinish xonalariga kirardim. Ammo endi hech kimga xalaqit bermaslikni maqul ko'raman. Jang haftaligini qanday o'tkazishingiz – bu sizning shaxsiy ishingiz. Va bu menga to'liq mos keladi", – dedi liga prezidenti tadbirdan keyingi matbuot anjumanida.

SHundan so'ng Uaytdan jangchining xatti-harakati uni chindan ham xafa qilmaganmi, deb so'rashdi.

"U mag'lub bo'lishi bilanoq, Xanterga uni Ligadan haydashni aytdim", – deb javob berdi UFC rahbari, yuzida hech qanday his-tuyg'u bildirmay.

Bu javob savol bergan jurnalistni dovdiratib qo'ydi va u tashkilot rahbaridan hazillashyaptimi yoki yo'q, aniqlik kiritishni so'radi.

"Albatta, hazillashyapman!", – deb kulib yubordi Uayt.

Eslatib o'tamiz, kechagi turnirning asosiy jangida Xoakin Bakli og'ir mag'lubiyatga uchradi va ikkinchi raund o'rtalarida kanadalik Mayk Melott tomonidan nokaut qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing