10 fev 09:51
Yangiliklar
Futbol
Dani Alves 2 ta o'yinga chetlatilganiga munosabat bildirdi
"Barselona" futbolchisi Dani Alves "Atletiko"ga qarshi o'yindagi qizil kartochkasi uchun ikkita o'yinlik diskvalifikaciyaga uchradi.
O'yinning 69-daqiqasida u Yannik Ferreyra Karraskoga qarshi qo'pol harakat qilgandi.
"Men unutib qo'ydim (bu erda qanday jazolashlarini). Professional sportchi boshqasiga atayin zarar etkazishini o'ylash g'alati. Futbolda tavakkalchilik bor. Bunday epizodlar ham sodir bo'lib turadi va ular maydonning o'zida qolishi kerak.
Har qanday holatda ham Karraskodan uzr so'rayman", - deb yozdi Alves Tvitterdagi sahifasida.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar