19 jan 15:41
Yangiliklar
Futbol
Dani Alves 39 yoshida JCH-2022da qatnashishni rejalashtirayotganini aytdi
"Barselona" himoyachisi Dani Alves Braziliya terma jamoasi bilan JCH-2022da o'ynashni xohlashini tan oldi.
"Men maqsadlar bilan yashamoqdaman, ular doim qisqa muddatli bo'lishi kerak. Mening birinchi darajali maqsadim "Barselona"ga qaytish edi. Endi u Jahon chempionati bo'ldi, sababi men oldingisini jarohat sabab o'tkazib yuborgandim.
U erda bo'lishga mos bo'lish uchun qattiq ishlayman. Bu esa shu erda ko'rsatayotgan o'yin darajamga bog'liq bo'lishini bilaman", - deydi Alves.
Qatardagi JCH-2022 yilning 21 noyabrida boshlanib, 18 dekabrida yakuniga etadi. Alves turnir paytida 39 yoshda bo'ladi.
Havola :
Manba : fcbarcelona.com
Fikrlar