31 avg 17:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Daniel Dyubua va Fabio Uordli o'rtasidagi revansh sanasi malum qilindi
Queensberry Promotions kompaniyasi 17 oktyabr kuni Londonda bo'lib o'tadigan boks oqshomini rasman elon qildi.
Turnirning markaziy jangida WBO og'ir vazn toifasi chempioni Daniel Dyubua o'z yurtdoshi Fabio Uordliga qarshi revansh bahsida ringga chiqadi.
Ularning birinchi jangi may oyida bo'lib o'tgan va Dyubuaning 11-raunddagi texnik nokaut orqali g'alabasi bilan yakunlangan.
Daniel Dyubua:
Yoshi: 28 yosh
Professional faoliyatini 2017 yilda boshlagan
Ikki karra jahon chempioni
Rekordi: 23 g'alaba (22 nokaut), 3 mag'lubiyat
Fabio Uordli:
Yoshi: 31 yosh
Professional faoliyatini 2017 yilda boshlagan
2026 yilda jahon chempioni bo'lgan
Rekordi: 20 g'alaba (19 nokaut), 1 mag'lubiyat va 1 durang
Havola :
Manba : Queensberry Promotions
Fikrlar