08 fev 12:25
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev 28 fevral kuni jahonning birinchi raketkasiga aylanishi mumkin
US Open-2021 chempioni, rossiyalik tennischi Daniil Medvedev 28 fevral kuni Katta Dubulg'a turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra chempioni Novak Jokovichni ortda qoldirib, dunyoning birinchi raketkasi bo'lishi mumkin.
Agar Daniil ham, Novak ham 28 fevralgacha biron bir turnirda o'ynamasa yoki shunchaki ochko ololmasa bu sodir bo'ladi. 28 fevral kuni Jokovich Dubaydagi turnir chempionligi uchun 500 ochko yo'qotadi. Ushbu muddatgacha to'plangan ochkolar bo'lmasa, ikki holatda ham rossiyalik tennischi reytingda ustunlikka ega bo'ladi. Bu holatda Novak Daniildan 60 ochkoga ortda qoladi.
Agar Daniil va Novak 21-27 fevral kunlari biror turnirda o'ynab, ikkalasi ham (har biri 500 ochko) unvonga ega bo'lgan taqdirda ham baribir Medvedev dunyoning birinchi raketkasiga aylanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar