18 jan 19:01
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev Australian Open'ning ikkinchi davrasiga chiqdi
Jahonning ikkinchi raketkasi, rossiyalik Daniil Medvedev Australian Open'ning ilk davrasida ATR reytingida 91-pog'onani egallab turgan shveycariyalik Genri Laaksonenga qarshi kortga chiqdi.
1 soatu 54 daqiqa davom etgan uchrashuvda Medvedev raqibini 6/1, 6/4, 7/6 hisobida mag'lub etdi va ikkinchi davraga yo'l oldi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida hisob rossiyalik sportchi foydasiga 3:0 ko'rinishiga keldi.
Medvedevning ikkinchi davradagi raqibi avstraliyalik Nik Kirgios yoki britaniyalik Liam Broudi bo'ladi.
Havola :
Manba : Gotennis.ru
Fikrlar