04 avg 19:51
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev faoliyatidagi 250-g'alabasini qo'lga kiritdi
SHu kunlarda Meksikaning Los-Kabos shahrida tennis bo'yicha ATR tasnifiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Jahonning birinchi raketkasi rossiyalik Daniil Medvedev turnirning ikkinchi davrasida ATR reytingida 224-pog'onani egallab turgan avstraliyalik Rinki Xijikatadan 6/4, 6/3 hisobida ustun keldi.
Uchrashuv 1 soatu 33 daqiqa davom etdi. Bu tennischilarning o'zaro birinchi rasmiy uchrashuvi edi.
Rossiyalik tennischi bu bilan faoliyatidagi 250-g'alabasini qo'lga kiritdi. Mag'lubiyatlari soni esa 109 ta. Turda Medvedevdan ko'proq g'alaba qozongan faqat bitta o'yinchi bor. Bu Aleksandr Zverev, 339 g'alaba va 150 mag'lubiyat.
Medvedevning Los-Kabos turniridagi navbatdagi raqibi litvalik Richardas Berankis bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar