02 sen 10:46
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev US Open uchinchi bosqichga yo'l oldi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Daniil Medvedev Nyu-Yorkda o'tayotgan AQSH Ochiq chempionatining uchinchi bosqich ishtirokchisiga aylandi.
Rossiyalik raketka ustasi 1 soatu 48 daqiqa davom etgan bahsda germaniyalik Dominik Kyopferni ortiqcha qiyinchiliksiz 6/4, 6/1, 6/2 hisoblarida g'alaba qozondi. 25 yoshli Medvedev uchrashuv davomida 8 ta, 27 yoshli Kyopfer 1 ta eys zarbani ijro etdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Medvedevning ikkinchi g'alabasiga erishdi - 2:0. Daniil Medvedevning uchinchi davradagi raqibi ispaniyalik Pablo Anduxar bo'ladi. Pablo germaniyalik Filipp Kolshrayberni 6/4, 6/3, 6/1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar