11 iyu 10:15
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev Xertogenbos 1/2 finaliga yo'l oldi
Niderlandiyaning Xertogenbos shahrida o'tkazilayotgan ATP turnirida 1/2 final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Daniil Medvedev chorak final uchrashuvida ATP reytingida 49-pog'onadan joy olgan belaruslik Ilya Ivashkoni qiyinchilik bilan mag'lub etdi - 7/6(8), 6/4.
Bir soatu 53 daqiqa davom etgan bahsda rossiyalik tennischi 4 ta eys, 3 ta breyk va 7 ta qo'shxato qayd etdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Medvedev katta farq bilan oldinda bormoqda - 5:1. Endi Daniil 1/2 finalda franciyalik Adrian Mannarinoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar