22 may 13:41
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev yana ATP reytingida peshqadam bo'lishi mumkin
Rossiyalik tennischi Daniil Medvedev Uimbldondan so'ng yoki undan oldin jahon reytingida peshqadamga aylanishi mumkin.
Britaniya "Katta dubulg'a" turniri Rossiya va Belarus tennischilarini chetlatdi. ATP va WTA bunga javoban turnir uchun reyting ochkolari bermaydigan bo'ldi.
Buning natijasida, Uimbldonning o'tgan yilgi g'olibi Novak Jokovich 2000 ochkodan mahrum bo'ladi, Medvedev esa 180 ochko yo'qotadi.
SHu sababli ham Medvedevda birinchi o'ringa chiqib olish imkoni bor. SHuningdek, Aleksandr Zverevda ham reyting peshqadamiga aylanib olish imkoni bor.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar