15 may 15:30
Yangiliklar
Tennis

Darya Kasatkinani final ostonasida to'xtatishdi
Rimda o'tkazilayotgan nufuzli WTA turnirida finalchilar nomi malum bo'ldi.
WTA reytingida 23-pog'onadan joy olgan rossiyalik Darya Kasatkina yarim final uchrashuvida dunyoning ettinchi raketkasi, tunislik Ons Jaberga imkoniyatni boy berdi - 4/6, 6/1, 5/7.
To'rt daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda 25 yoshli Kasatkina bitta ham eys zarbasini ijro eta olmadi. 27 yoshli Jaberda bu ko'rsatkich 5 tani tashkil qildi. Ons o'zaro uchrashuvlarda 4:2 hisobida oldinda bormoqda. Bugun u bosh sovrin uchun sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi, polshalik Iga Svyontekka qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar