07 dek 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Dastin Porening sog'lig'i yomonlashdi + VIDEO
SHifoxonaga yotqazilganidan bir sutka o'tib, Dastin Porening sog'lig'i yomon tomonga o'zgardi.
Amerikalik UFC jangchisi sog'lig'ining ijobiy tomonga o'sish dinamikasi kuzatilmayapti. Bu haqda uning rafiqasi xabar berdi va hatto ijtimoiy tarmoqqa tegishli videoni ham joyladi.
"Hech qanday o'zgarish kuzatilmayapti. Aksincha, hammasi dahshatli ko'rinmoqda", - deya videoga izoh ham qoldirgan Pore xonim.
Eslatib o'tamiz, Dastin Pore stafilokok infekciyasini yuqtirib olgan va buning natijasida yura olmay qolgandi. Antibiotiklar tasir qilavermagach, aralash yakkakurash ustasini shifoxonaga joylashtirishgan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar