23 noy 09:21
Yangiliklar
Futbol
De Xeaning agenti “Yuventus” bilan muzokara o'tkazdi
Bu haqda Italiyaning mashhur Tuttosport nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, MYU darvozaboni David de Xeaning agenti mijozining “Yuventus” klubiga ehtimoliy transferi borasida muzokara olib borgan. Ayni damda David MYUda qolish yoki qolmaslik haqida bir qarorga kelgani yo'q.
Agent esa ehtimoliy variantlarni hozirdanoq ko'rib chiqishni boshlab yubordi. Futbolchi MYU bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida bir to'xtamga kelmagan.
Havola :
Fikrlar