21 iyu 04:20
Yangiliklar
![](/upload/storage/407_220.jpg)
Debyutant Uels guruh g'olibi, Rossiya musobaqani tark etdi
Unda so'nggi imkoniyatdan foydalanish uchun maydonga tushgan Rossiya terma jamoasi yirik 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Remzi, Teylor va Beyl tomonidan kiritilgan gollar Leonid Sluckiy murabbiyligidagi rossiyalik futbolchilarni muddatidan avval uyiga ravona qildi.
O'z tarixida ilk marotaba Evro-2016 final bosqichida ishtirok etgan Uels terma jamoasi esa guruh g'olibiga aylandi. Boisi, guruhning ikkinchi o'yinida Angliya va Slovakiya terma jamoalari nursiz durangga imzo chekishdi.
Evro-2016. “B” guruhi. 3-tur
ROSSIYA – UELS 0:3
Gollar: Remzi 11, Teylor 20, Beyl 67.
Rossiya: Akinfeev, Ignashevich, Berezuckiy (Berezuckiy, 46), Smolnikov, Kombarov, Glushakov, Mamaev, SHirokov (Golovin, 52), Smolov (Samedov, 70), Dzyuba, Kokorin.
Uels: Xennessi, Uilyams, Devis, Teylor, CHester, Remzi, Allen (Edvards, 74), Beyl (CHyorch 83), Ledli (King, 76), Ganter, Vouks.
Bosh hakam: Yonas Eriksson (SHveciya)
Ogohlantirishlar: Vouks (17), Mamaev (65).
SLOVAKIYA – ANGLIYA 0:0
Slovakiya: Kozachik, Pekarik, SHkrtel, Dyurica, Gubochan, Pechovski (Domber 67), Kuska, Mak, Gamshik, Vayss (SHkriniar 78), Duda (Svento 57).
Angliya: Xart, Klayn, Keyxill, Smolling, Bertran, Dayer, Xenderson, Uilshir (Runi 56), Lallana (Alli 61), Vardi, Starrij (Keyn 76).sh hakam: Karlos Velasko Karbalo Ogohlantirishlar: Pechovskiy 24, Bertran 52.
Fikrlar