05 noy 09:47
Yangiliklar
Futbol

Dembele uchun kurashda “MYU”ga jiddiy raqobatchi paydo bo'ldi
Franciyaning “Lion” klubi hujumchisi yana bir APL grandining oromini o'g'irladi.
“Daily Mail” xabariga ko'ra, “CHelsi” klubi “Lion”dan 23 yoshli hujumchi Mussa Dembeleni sotib olishga harakat qiladi. Bu faqat “aristokratlar”ga qo'yilgan transferlar taqiqi olib tashlangandan so'ng ro'y berishi mumkin.
Dembelega avvalroq “Manchester Yunayted”ning asosiy davogar sifatida ko'rilayotgani haqida xabar berilgandi. Dembele joriy mavsum Liga 1 da 11 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urishga erishdi.
Havola :
Fikrlar