24 may 09:54
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" ayollar jamoasi "Lion"ni mag'lub etib, CHempionlar Ligasi g'olibiga aylandi
23 may kuni ayollar o'rtasidagi CHempionlar Ligasining "Barselona" va "Lion" jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
"Barselona" futbolchilari CHempionlar Ligasi finalida "Lion" ustidan 4:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishishdi.
Kataloniya klubi safida gollarni Eva Payor (55 va 69-daqiqalar) hamda Salma Paralyuelo (90 va 90+3-daqiqalar) kiritishdi.
SHu tariqa, "Barselona" ayollar jamoasi o'z tarixida to'rtinchi bor CHempionlar Ligasi g'olibiga aylandi. G'alabalar soni bo'yicha Kataloniya klubi "Ayntraxt" bilan tenglashib oldi va bu borada faqat "Lion"dan (sakkizta chempionlik) ortda qolmoqda.

Havola :
Fikrlar