11 sen 07:15
Yangiliklar
![](/upload/storage/18863_220.jpg)
Denisov o'ynamagan o'yinda “Lokomotiv” g'alabani qo'lda chiqardi
Uchrashuvning 55-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Rudolfoning avtogli evaziga moskvaliklar hisobda oldinga chiqib olishgan edi. Ammo o'yin yakuniga sanoqli daqiqalar qolganida Ravanelli mehmonlar darvozasini ishg'ol etib, o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi – 1:1.
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov uchrashuvda maydonga tushmadi. Ushbu durangdan keyin “Lokomotiv” 20 ochko bilan turnir jadvalida “Zenit”dan bir ochko ortda qolgan holda ikkinchi pog'onani band etgan. “Axmat” esa 13 ochko bilan ettinchi pog'onada bormoqda.
Rossiya chempionati, 9-tur.
Axmat – Lokomotiv 1:1
Gollar: 0:1 – 55, avtogol Rodolfo, 1:1 – 84 Ravanelli.
Axmat – Gorodov, Rodolfo, Moxammadi, Uciev, Semenov, Ismael, Ivanov (Ravanelli, 83), Berisha (Leo Jaba, 61), SHvec, Mitrishev, Mbeng (Sadaev, 61).
Lokomotiv – Gilerme, Mixalik, Kverkveliya, Peychinovich, Miranchuk, Denisov, Fernandesh, An. Miranchuk (Barinov, 82), Farfan, Ignatev, Eder (Tarasov, 63).
Ogohlantirish: Leo Jaba (66).
Fikrlar