31 iyu 14:05
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/2110_220.jpg)
Denisov: “Vazifalarimiz hamisha ulkan bo'lgan”
O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Moskvaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Vitaliy Denisov “temiryo'lchilar” matbuot xizmatiga bergan intervyusida “Zenit”ga qarshi o'tkazilgan o'yin (0:0) haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- “Lokomotiv” mavsumlar oralig'ida birorta ham xaridni amalga oshirmadi...
- Transfer oynasi hali ochiq. Kutamiz. Har qanday holatda ham bizda o'yinchilar bor. Ular maydonga tushib, jamoaga yordam bera oladilar.
- Yangi mavsum uchun qanday vazifa qo'yilgan?
- Maqsad va vazifalar hamisha ulkan bo'lib kelgan.
- O'tgan mavsum bilan taqqoslaganda, “Zenit” o'yinida qanday o'zgarishlar ko'zga tashlandi?
- “Zenit” har doim hujumkor futbol namoyish etgan. Piterliklarning hujumlari SHatov orqali amalga oshyapti. Lekin katta tafovut yo'q. CSKAga qarshi Superkubok bahsida maydonga tushgan ayrim futbolchilarga bugun dam berildi.
Havola :
Fikrlar