So’nggi yangiliklar

19:58Никита Белозерцев Анқара Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 19:27Лапорта: “Бу йил "Барселона" йили бўлиши керак” 0 18:56Жон Жонс октагонга қайтиш имкониятини инкор этмади 0 18:25Умар Нурмагомедов Абу-Дабидаги ҳодисага илк бор изоҳ берди 0 17:54Баҳодир Жалолов америкалик собиқ рақиби Ричард Торрес билан учрашди (ФОТО) 0 17:23Шон О’Мэллининг RAF лигасидаги дебют жанги белгиланди 0 16:52Почеттино "Манчестер Юнайтед"нинг 100 йиллик антирекордини такрорлади 0 16:21Нодирбек Абдусатторов: "Натижа қандай бўлмасин, партияга келиб ўйнаш керак!" 0 15:50Формула-1. Макс Ферстаппен — Лас-Вегас Гран-приси ғолиби! 0 15:19Швеция россиялик спортчиларга виза бермайди 0 14:48Диего Симеоне Ла Лигада Луис Арагонеснинг тарихий мураббийлик рекордини янгилади 0 14:17Қозоғистон билан бирга Ҳиндистон ҳам UFC турнирига илк бор мезбонлик қилиши мумкин 0 13:46Ўзбекистон елканли спорт федерацияси World Sailing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 13:13Асу Алмабаев мағлубиятдан кейин: "Ғолиб бўлдим, деб ўйлагандим" 0 12:42U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз Ямайкага қарши баҳс олиб боради 0

13 noy 18:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Deontey Uaylder Frensis Ngannuga "vyzov" tashladi

Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Denotey Uaylder PFL superchempioni Frensis Ngannuga qarshi jang o'tkazish taklifi bilan chiqdi.

Sobiq UFC chempioni Top bokschilarning etiborini o'ziga tortib keladi. Bu birinchi galda mo'maygina gonorar ishlab olish manbai hisoblanadi. Bu safar "Xishnik" bilan jang qilish istagini sobiq WBC chempioni Deontey Uaylder bildirdi. U bundan bir yil oldin ham kamerunlik bilan jang bo'yicha muzokara olib borgan edi.

"Faoliyatimni davom ettiraman. Hamma yaxshi narsalar hali oldinda. Frensis, farzangdingni yo'qotganingdan afsusdaman va qayg'uingga sherikman. Istagim bundan buyon hayotingda faqat yaxshi kunlar bo'lsin. Ishon, men hali hanuz sen bilan jang qilish niyatidan voz kechmadim va bu borada javobingni kutyapman", - deya TMZ Sports nashriga intervyu bergan Uaylder.  

Eslatib o'tamiz, Ngannu UFC promoushenidan ketganidan keyin professional boks bo'yicha ikkita jang o'tkazdi. U avvaliga hakamlarning ayri qarori bilan Tayson Fyuriga yutqazdi. Keyin esa Entoni Joshua kamerunlikni ikkinchi raundda nokautga uchratdi. O'tgan oyda u Ar-Riyodda o'tgan PFL turniri doirasida Xenan Ferreyrani birinchi raunddayoq nokautga uchratib, PFL superchempioniga aylangan edi.

Deontey Uaylder esa professional boksdagi oxirgi beshta jangida faqat bir bor g'alaba qozondi. Ikki mag'lubiyatli seriya bilan kelayotgan amerikalik bokschini Jozef Parker va CHjiley CHjan taslim etgan. Xitoylik bokschi hatto texnik nokaut evaziga nomdor raqibini mag'lubiyatga uchratgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing