So’nggi yangiliklar

17:45Осиё чемпионати. Боксчиларимизда битта ғалаба ва битта мағлубият 0 17:11Эрон футбол федерацияси скриншот орқали АҚШ устидан кулди 0 16:30ММА бўйича дунёдаги энг кучли мамлакатлар рейтинги эълон қилинди. Ким биринчи? 0 15:58Австралиялик "нокаутчи" Теремоана Жуниорнинг кейинги жанги аниқ бўлди 0 15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0 14:57"Нима учун Трампдан ФИФАдан натижани бекор қилишни сўрамайсизлар?" 0 14:11Энтони Жошуа ҳар қандай рақибни йўқ қилмоқчи 0 13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0 11:36UFC 331 турнирининг санаси, манзили, асосий жанги очиқланди 0 11:01"Тож ҳеч қачон тушмайди". Роналдунинг опаси — ҳужумчининг Португалия терма жамоасидан кетиши ҳақида 0 10:33Йен Гэрри: "Махачевни ўз қуроли билан енгаман" 0

17 mar 19:09
Yangiliklar

Futbol

"Derbi della Madonnina" yoxud bugungi Milan derbisidan oldin

Teglar :  ItaliyaMilanInter
Bugun tunda Milan shahri teng ikkiga bo'linadi, boisi, San-Siro" stadionida "Derbi della Madonnina" bo'lib o'tadi.

Unda "Milan" va "Inter" klublari to'qnash kelishadi. Milan derbisi doim qiziqarli o'tgan, bu safar esa ECHL yo'llnmasi uchun kurashyotgan ikki klub o'rtasidagi bahs bo'ladi.

"Milan" — "Inter"

17 mart 2019 yil. Milan. "San-Siro" stadioni. 00:30 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam — Marko Guida.

Taxminiy tarkiblar


"Milan":
Donnarumma, Kalabriya, Musakko, Romanoli, Rodriges, Kesse, Bakayoko, Paketa, Suso, CHalxanoglu, Pentek.

"Inter": Xandanovich, DAmbrozio, SHkriniar, De Vrey, Asamoa, Galyardini, Vesino, Politano, Valero, Perishich, Martines

O'ynmaydi: Bonaventura — Ikardi, Nainggolan, Joao Mario, Miranda.

So'roq ostida: Brozovich ("Inter"). 

Qiziqarli faktlar

- "Milan" va "Inter" o'zaro 222ta o'yin o'tkazishgan: 76ta g'alaba "Milan"da, 79ta g'alaba "Inter"da, 67ta durang. To'plar nisbati — 297:300.

- "Derbi della Madonnina"ning eng yaxshi to'purari Andrey SHevchenko (Milan) — 14 gol. Juzeppe Meacca hisobida 13ta gol bor, u "Inter" safida 12ta, "Milan"da 1ta gol urgan.

- "Milan"ning derbidagi eng yirik g'alabasi: "Inter" — "Milan" 0:6, 11 may 2001 yil.

- "Inter"ning derbidagi eng yirik g'alabasi: "Milan" — "Inter" 0:5, 6 fevral 1910 yil.

- Eng ko'p gol urilgan derbi: "Inter" — "Milan" 6:5, 6 noyabr 1949 yil.

- "Inter" oxirgi 6ta o'yinda "Milan"ga yutqazmadi.

- "Milan" oxirgi 3ta o'yinda "Inter"ga gol ura olmagan.

- "Milan"ning chempionatdagi g'alabali seriyasi beshta o'yinga etdi.

- "Milan" A Seriyadagi oxirgi to'rtta o'yinda gol o'tkazgani yo'q.

- O'tgan mavsum "Milan" — "Inter" uchrashuvida hisob ochilmagan edi - 0:0.

- Birinchi darada "Inter" g'alaba qozongan edi — 1:0.



Murabbiylar nima deydi?

Jennaro Gattuzo


"Har bir derbi alohida tarix, shu bois oldin bo'lgan narsalarni eslash kerak emas. Raqibni hurmat qilish kerak, ammo o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. Bu o'yinda juda ko'p narsa hal bo'ladi: ECHL yo'llanmasi uchun kurash keskin ketmoqda, shu bois uchrashuvda borimizni berishimiz kerak".

Luchano Spaletti

"Milan" hozir kuchli va ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. "Milan" bilan bizning maqsadimiz bir xil: uchinchi yoki ikkinchi o'rinni egallash, asosiysi ECHL yo'llanmasiga ega bo'lish. Derbidan oldin qandaydir taxmin qilish to'g'ri emas, bunday o'yinlarning natijasi har doim kutilmagan bo'ladi. To'g'ri bu bahs hal qiluvchi bo'lmaydi, ammo mag'lubiyat keyingi uchrashuvlarda tasir qilishi mumkin".

O'yin uchun qaydnomalar

"Milan"

"Inter"

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing