11 iyu 12:00
Yangiliklar
Futbol
Desham Franciya terma jamoasida o'zgacha rekord qo'ydi
Millatlar Ligasi doirasida Franciya terma jamoasi Kilian Mbappening goli evaziga Avstriyaga qarshi bahsda mag'lubiyatdan qutilib qoldi.
23 yoshli himoyachi Ibraima Konate terma jamoa libosida ilk uchrashuvini o'tkazdi. Dide Desham boshqaruvida bu francuzlar tarkibida debyut qilgan 65-futbolchiga aylandi va u mazkur o'ziga xos natija bo'yicha terma rekordini yangiladi.
U 2012 yildan beri Franciya terma jamoa murabbiyi lavozimida faoliyat olib bormoqda. Avvalgi rekord (64 debyutant) esa Mishel Idalgo tomonidan 1974-1984 yillar oralig'ida qayd etilgandi.
Havola :
Fikrlar