28 mar 16:41
Yangiliklar

Devid Benavides Bivolga qarshi jang qachon bo'lishi mumkinligini aytdi
Avvalroq Butunjahon boks kengashi (WBC) ushbu jang bo'yicha muzokaralarni olib borish uchun oxirgi muddatni belgilagan edi. Tashkilot prezidenti Maurisio Suleymanning so'zlariga ko'ra, tomonlar 8 apreldan kechikmasdan kelishuvga erishishi lozim.
"Jang sentyabr oyida o'tishi mumkin, lekin hozircha aniqlik yo'q. Bu boks. Bu erda hech qachon 100% ishonch bo'lmaydi. Biz ushbu jangni tashkil qilish uchun harakat qilyapmiz. Agar u bo'lmasa, demak, amalga oshmaydi. Lekin hozir bu bizning eng asosiy maqsadimiz," — dedi Benavides.
Malumot uchun, Dmitriy Bivol ayni paytda yarimog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. 28 yoshli Benavides (30-0, 24 KO) esa vaqtinchalik WBC kamari egasiga aylangan.
Fikrlar