23 apr 18:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Devid Benavides Dmitriy Bivol bilan jang uchun yarim og'ir vaznga qaytmoqchi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Devid Benavides yana yarim og'ir vazn toifasiga tushib, mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivolga qarshi birlashtiruvchi jang o'tkazish niyatida ekanini malum qildi.
"Men Dmitriy Bivolni hurmat qilaman. U ajoyib jangchi, lekin bu jangdan keyin baribir u menga to'qnash kelishi kerak bo'ladi. Rejam yarim og'ir vaznni shunchaki tark etish emas edi. Men yuqoriga chiqib, ikki kamarni qo'lga kiritib, keyin qaytib, Bivol bilan jangimiz ahamiyatini yanada oshirishni rejalashtirganman. Orzum — birlashtirilgan chempion bo'lish", — dedi Benavides Ariel Xelvaniga.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar