So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

18 sen 10:22
Yangiliklar

Tennis

Devis Kubogining muhim bahsida o'ynamagan Istomin bugun Piterda kortga chiqadi

Teglar :  TennisIstominPiter
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri bo'lib o'tmoqda.

Ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ham ishtirok etadi. Bugun hamyurtimiz juftlik musobaqasi bilan Piter turniridagi ishtirokini boshlab oladi. Taqvimda uning yakkalikdagi bahsi ham o'rin olgan. 

Istomin rossiyalik Mixail Elgin bilan juftlik hosil qilgan va ular bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00da mezbon tennischilar - Taymuraz Gabashvili va Evgeniy Karlovskiy hamkorligiga qarshi kortga chiqishadi.

Denis reja bo'yicha ertaga yakkalikning ilk bosqichida qozog'istonlik Mixail Kukushkin bilan to'qnash kelishi kerak. Bu vaziyatda biroz shubhali holat yuzaga kelmoqda. Osiyo o'yinlari g'olibi Devis Kubogining jahon ligasiga yo'llanma beruvchi uchrashuvida bizga nomalum sabablarga ko'ra kortga chiqmagan edi. 

Agar bunga jarohat sabab bo'lgan deb hisoblasak, demak, u ikki kunda tuzaladigan jarohat ekanda! Juda ham qiziq va shubhali holat. O'zbekiston tennis federaciyasi vaziyatga oydinlik kiritib, nima uchun Denis muhim bahsda kortga chiqmadi, degan savolga javob berganida edi, bu kabi shubha-gumonlarga hojat qolmasdi, nazarimizda. 

Eslatib o'tamiz, Buyuk Britaniyaga qarshi Glazgo shahrida kechgan bahsning to'rtinchi uchrashuvida Istominning o'rnini egallagan Sanjar Fayziev raqibiga deyarli qarshilik ko'rsata olmagan edi - 2:6, 2:6, 0:6. Buning natijasida terma jamoamiz 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchrab, jahon ligasiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgan edi. 

Reyting: -2   

Fikrlar

   
18 sen 15:15:09
Sarvar_Parkentlik
Bu hammasi Petr Lebed ishi böliwi mumkun. Xattoki Sanjar yutkazayotgan setda ham huddi umumiy natijani hal etib qöyganday tutib, hattoki kulib ötirdi. Tag'in soppa sog' denisni kortga tushirmasligi bu öyinni britaniyaga sotganligi tög'risida shubxalarni orttiryapti xolos
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing