05 okt 14:35
Yangiliklar
Futbol

Dias "Milan"da qolishni istamoqda
"Real"ga tegishli "Milan"da ijarada o'ynayotgan yarim himoyachi Braim Diam jamoada qolishni istamoqda.
"Defensacentral" xabariga ko'ra, Braim "Milan"da ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan mamnun. Ispaniyalikning ijara muddati ikki yilga mo'ljallangan. SHartnomaga ko'ra, uning transfer narxi 22 million evroni tashkil qiladi.
Ushbu mavsumda Braim "Milan" tarkibida 7 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.
Havola :
Manba : Defensacentral
Fikrlar