18 avg 16:31
Yangiliklar
"Milan" Belgiya terma jamoasi azosini 50 mln evroga sotib olishga yaqin
Fabricio Romano, Sky Sport Italia va Sportitalia kabi bir qator nufuzli manbalarning xabariga ko'ra, "rossoneri"lar "Strasbur"ning 22 yoshli hujumchisi Diegu Moreyraning o'tishi bo'yicha muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi. Muzokaralardagi siljish futbolchining "RB Leypcig" bilan bitimi batamom boshiga berk ko'chaga kirib qolganidan keyin mumkin bo'ldi.
OAV malumotlariga ko'ra, Portugaliya fuqaroligiga ham ega bo'lgan Belgiya terma jamoasi azosining transfer summasi 45–50 million evroga baholanmoqda. Moliyaviy paket 50 million evro plyus bonuslarni tashkil etishi, shuningdek, futbolchining keyingi sotuvidan ulush olish bandini o'z ichiga olishi mumkin.
Hozirda klub so'nggi huquqiy jihatlarni rasmiylashtirish va futbolchi uchun tibbiy ko'rikni tashkil etish bilan shug'ullanmoqda. Transfer oynasi yopilishi oldidan jamoaning hujum salohiyatini kuchaytirish yo'lida "Milan" uchun muhim qadam bo'ladigan ushbu o'tish yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda.

Fikrlar