13 avg 21:29
Yangiliklar
Futbol
"Milan" 4 futbolchisini transferga qo'yadi
"Milan" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa rahbariyati bilan uchrashuvdan so'ng to'rt futbolchi xizmatidan foydalanishni rejalashtirmayotganini malum qildi.
Bu haqda Sky Sport Italia xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "rossonerilar" Kristofer Nkunku, Fikayo Tomori, Yussuf Fofana va David Odoguni transferga qo'yadi. Amorim mazkur futbolchilarni mavsumoldi tayyorgarligi davomida kuzatib, ular unda etarlicha taassurot qoldirmagan degan xulosaga kelgan.
Ushbu malumotni insayder Fabricio Romano ham tasdiqlagan.
SHu bilan birga, yana uch futbolchining "Milan"dagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda. Gap Pervis Estupinyan, Filippo Terrachchano va Santyago Ximenes haqida ketmoqda.
Agar ular bo'yicha ham munosib takliflar tushsa, "Milan" tarkibni jiddiy ravishda yangilashi mumkin.
Havola :
Fikrlar